Oq Uy, Suriyada Deashga qarshi kurashning yakunlanganin ma'lum qildi

AQSh Prezidenti Donald Trump Suriyadan chiqishni bildirgandan keyin, Oq Uy, Suriyada Deashga qarshi kurashning yakunlanganini ma'lum qildi.

944814
Oq Uy, Suriyada Deashga qarshi kurashning yakunlanganin ma'lum qildi

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trump Suriyadan chiqishni bildirgandan keyin, Oq Uy, Suriyada Deashga qarshi kurashning yakunlanganin ma'lum qildi.

Oq Uy vozi Sarah Sanders, bergan bayonotida, "Suriyada Deashni bartaraf qilish vazifasi nihoyasiga yetmoqda, Deash deyarli butunlay yo'q qilindi" dedi.

AQShning Suriyada qolgan Deash unsurlarini bartaraf qilish mavzusida qat'iy bo'lganini ifoda etgan Sanders, chiqish tarixi haqida bir ma'lumot bermadi.

AQShning Suriya bilan aloqali kelajakda bir yo'l izlash uchun ittifoqdoshlari bilan maslahatlashib fikr almashganini qayd etgan Sanders, "Kelajakdagi rejalarimizni ittifoqdoshlarimiz, do'stlarimiz bilan maslahatlashamiz" deb so'zladi.

Oq Uyning ma'lumot berishdan avval AQSh Prezidetni Donald Trump, Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron bilan telefon orqali ko'rishdi.

Uchrashuv haqida Fransiyaning bildirishicha, Deashning mintaqa bilan bir qatorda Fransiya va AQShning ham manfaatlarini tahdit etgani "Ikki davlatning Deashga qarshi kurashni xalqaro koalitsiya doirasida olib borishini" qayd etildi.



 



Aloqador xabarlar