"Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonli sammit" Anqarada bo'lib o'tdi

Suriya mavzuli ikkinchi "Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonli sammit" Anqarada bo'lib o'tdi.

944477
"Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonli sammit" Anqarada bo'lib o'tdi

Suriya mavzuli ikkinchi "Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonli sammit" Anqarada bo'lib o'tdi.

Sammit, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdo'gan mezbonligida, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Eron Davlat Rahbari Hasan Ruhonining ishtirogida matbuotga yopiq o'tkazildi.

Prezidentlik Kulliyasida tartiblangan va 1.5 soat davom etgan sammitga Turkiya hay'atidan Bosh shtab rahbari Armiya generali Hulusi Akar, Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavshog'lu, Energetika va Tabiiy Resurslar vaziri  Berat Albayrak, Milliy mudofa vaziri Nurettin Janikli, Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin va Milliy Razvetka Tashkiloti (MIT) maslahatchisi Hakan Fidan ham ishtirok etdi.

Erdo'g'an, Putin va Ruhonining qo'shma matbuot anjumani o'tkazishi kutilmoqda.

Suriya masalasi muzokara qilingan Jeneva uchrashuvlaridan samara olinmagach, "Turkiya-Rossiya-Eron" uch tomonli sammitining birinchisi 22-Noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tgan edi.



Aloqador xabarlar