Fransiya janubida supermarket ichidagi insonlar qurolli shaxs tomonidan garovga olindi

Ichki ishlar vazirligi Twitterdagi sahifasida bergan ma’lumotga ko’ra, hududda xavfsizlik nazorati kuchaytirilgan. Supermarketning atrofi o’rab olingan.

936214
Fransiya janubida supermarket ichidagi insonlar qurolli shaxs tomonidan garovga olindi

Fransiya janubidagi supermarketta kimligi noma’lum kishilar tomonidan atrofga o’q uzildi va ichkaridagi insonlar garovga olindi.

Fransiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, mamlakat janubidagi Trebes shaharchasida joylashgan bir supermarketta qurol ovozlari eshitilgan. Kimligi noma’lum qurolli shaxs ichkaridagi insonlarni garovga olgan.

Ichki ishlar vazirligi Twitterdagi sahifasida bergan ma’lumotga ko’ra, hududda xavfsizlik nazorati kuchaytirilgan. Supermarketning atrofi o’rab olingan.

“Bir erkak mahalliy vaqt bilan soat 11:15 da “Super U” nomli supermarketga kirib kelgan va yonidagi quroldan atrofga o’q uza boshlagan”,-deb yozadi AFP xabar agentligi.

Voqea ro’y bergan shaharchaga 15 daqiqa uzoqlikdagi Carcassonne hududida ham bunga o’xshash voqea sodir bo’lgan. Voqea joyida bir politsiya xodimiga o’q uzilgan.

Carcassonne hududida bir kishi 4 nafar politsiya xodimiga o’q uzgan va ulardan birini og’ir jarohatlagan.

Hududda xavfsizlik nazorati kuchaytirilgan.

Europe 1 radiosi politsiyaga o’q uzgan ham, supermarketda insonlarni garovga olgan ham bitta kishi ekanligini ma’lum qildi.

Prokuratura Trebesda insonlarni garovga olgan shaxs terror tashkiloti DAIShga moyil insonlardan biri ekanligini bildirdi.

BFM televideniyesida berilgan xabarga ko’ra, ushbu shaxsning DAIShga sodiq bo’lishga qasamyod qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #garov

Aloqador xabarlar