Venada Eron elchixonasi qarorgohi qo'riqchisiga pichoq bilan hujum qilindi

Avstriya poytaxti Venada Eron elchixonasi qarorgohi qo’riqchilaridan biriga pichor o’qtalgan shaxs voqea joyida otib o’ldirildi.

927669

Vena politsiya boshqarmasi kotibi Harald Soros ma’lum qilishicha, bu voqea tungi soatlarda ro’y bergan. 26 yoshdagi Avstriya fuqarosi Eron elchixonasi qo’riqchisiga pichoq bilan hujum qilgan. Qo’riqchi o’z quroli bilan shaxsni otib o’ldirgan.

Mudofaa vazirligi kotibi Michael Bauer ma’lum qilishicha, dastlab qo’riqchi pichoq o’qtalgan shaxsni to’xtatish uchun gazdan foydalangan. Uni to’xtata olmagan qo’riqchi qurol ishlatishga majbur bo’lgan.

Qarorgoh qo'riqchisi jarohatlangan va shifoxonaga olib ketilgan.

Shaxsni bu ishni qilishga nima undagani xozircha noma’lum.

Tanlangan kalimalar: #Avstriya , #Vena , #Eron elchixonasi

Aloqador xabarlar