Afg'onistonda qo'lga tushgan Tolibon a'zosi Nemis fuqarosi chiqdi

Afg'onistonning Janubida uyushtirilgan operatsiya natijasida Tolibon a'zosi bir Nemis fuqarosi qo'lga olindi.

920548
Afg'onistonda qo'lga tushgan Tolibon a'zosi Nemis fuqarosi chiqdi

Afg'onistonning Janubida Helmen viloyatining Girishk tumanida uyushtirilgan operatsiya natijasida Tolibon a'zosi bir Nemis fuqarosi qo'lga olindi.

Afg'oniston Mudofaa vazirligidan berilgan bayonotda,  xavfsizlik kuchlarining Girishkning Mir Menbal hududida Tolibonga qarshi operatsiya o'tkazgani bildirildi.

Operatsiyada tashkiotning 3 nafar a'zosining qo'lga olingani bildirilgan bayonotda, qo'lga olingan terroristlardan birining Nemis fuqarosi bo'lgani ifoda etildi.

Bayonotda, operatsiyada terroristlarga oid o'q-dori omborining ham bartaraf qilingani bildirildi.

Shuningdek Afg'onistonda ilk marta bir Nemis fuqarosi Tolibon a'zosi qo'lga tushdi.



Aloqador xabarlar