Tolibon Afg’onistonda 30 yo’lovchini o’g’irlab ketdi
O’g’irlangan yo’lovchilar orasida 5 nafar politsiya xodimi ham bor.
920147
Afg’onistonda “Tolibon” radikal guruhi mamlakat janubidagi Zabul viloyatidan Qandahor viloyatiga ketayotgan 30 yo’lovchini o’g’irlab ketgan.
O’g’irlangan yo’lovchilar orasida 5 nafar politsiya xodimi ham bor.
Zabul hokimligi kotibi Do’st Muhammad Noyob ma’lum qilishicha, Tolibon jangarilari Surh Bid hududida 30 yo’lovchini avtobusdan tushirib, ularni passport tekshiruvidan o’tkazgach, ular bedarak yo’qolgan.
Yo’lovchilarning qayerga olib ketilgani ma’lum emas.
Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.