AQShdagi harbiy bazaga kelib tushgan shubhali maktub tekshirilmoqda

AQShning Virjinia shtatidagi Arlington okrugida joylashgan harbiy bazaga jo’natilgan shubhali maktub 11 kishining sog’ligiga ta’sir ko’rsatdi.

919792
AQShdagi harbiy bazaga kelib tushgan shubhali maktub tekshirilmoqda

AQShning Virjinia shtatidagi Arlington okrugida joylashgan harbiy bazaga jo’natilgan shubhali maktub 11 kishining sog’ligiga ta’sir ko’rsatdi.

Maktub ochilganidan so'ng 11 kishi o'zini yomon his qila boshlagan.

Bu haqda Amerika dengiz piyodalari bo’linmasi bilan Arlington okrugi ma’muriyatining internet sahifalarida ma’lum qilingan.

““Myer-Henderson Hall” mushtarak harbiy bazasiga sirli maktub kelib tushdi. Maktub ichida nima ekanligi ma’lum bo’lmagan modda borligi aniqlandi. Bu moddadan salbiy ta’sirlangan xodimlar baza ma’muriy binosidan chiqarilgan”,-deyiladi xabarda.

Harbiy baza xodimlari bu vaziyatni zaharli moddalar bilan shug’ullanuvchi boshqarma va Federal tergov byurosi FBIga ma’lum qilgan.

Zaharli moddadan ta’sirlangan ko’plab dengiz piyoda harbiylari tibbiy muolaja olganligi xabar qilindi.

Maktub ochilganidan so'ng o’zini yomon his qilgan 11 kishidan 3 nafari shifoxonaga yotkizilgan.

“Shifoxonaga yotkizilgan 3 kishining ahvoli og’ir. Bu voqeadan so’ng, ba’zi harbiy bo’linmalar xizmatga qaytdi. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda”,-deyiladi bayonotda.

Pentagon bu voqea haqida rasmiy bayonot bermadi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Virjinia shtati , #harbiy baza , #maktub

Aloqador xabarlar