Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 9-qism

Dasturimizning bugungi sonida Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi Sharqiy Guta shahri va mintaqaning oxirgi vaziyati haqida so’z qilamiz.

918609
Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 9-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, dasturimizning bugungi sonida Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi Sharqiy Guta shahri va mintaqaning oxirgi vaziyati haqida so’z qilamiz.

Bashar al-Asad rejimi tomonidan Suriya poytaxti Damashqning, arab tilidagi kitoblarda “yer yuzining jannati” deya ifoda etilgan eng chiroyli, eng ajoyib shaharchasiga, Sharqiy Gutaga qarshi uyushtirilgan qorqinchli hujumlari davom etmoqda. Vaziyat shunday ekan sharqiy gutaliklar, halabliklar, idlibliklar xulosa qilib aytganda suriyaliklar bundan buyon o’z qotillari bilan qanday qilib birgalikda yashaydi, bilmayman. Men bu yozuvni qalamga olayotgan soatlarda kelgan ma’lumotga ko’ra oxirgi uch kun mobaynida Sharqiy Gutaga qarshi uyushtirilgan yuzlab havo hujumi oqibatida qariyb 250 kishi jon berar ekan, 800 dan ortiq kishi tan jarohati olgan. Bu raqam butun dunyo ko’zi oldida, ustiga-ustak Sharqiy Guta Ostona shartnomasiga ko’ra Rossiyaning nazorati ostida “xavfsiz hudud” e’lon qilinishiga qaramay afsuski yana-da ortishi mumkin. “Afrin amaliyoti chog’ida Turkiya tinch aholiga ziyon yetkazdi” degan mish-mishlar bilan dunyoga jar solganlar Rossiya, Suriya rejimi va AQSh haqida gap ketayotganida uch maymun kabi beg’amgina, “bilmadim, ko’rmadim, eshitmadim” deb o’yin o’ynamoqdalar. Huddi Bosniya va Iroqdagi voqealarda bo’lganidek jon berganlar agar musulmon bolasi bo’lsa g’am ham yo’q, tashvish ham.  

Aziz eshittirishimiz kuzatuvchilari, hoynahoy Birlashgan Millatlar Tashkilotining bechora, hatto nochor bosh kotibi Sharqiy Guta haqida geografiya kitoblarida o’rin olgan “yer yuzining jannati” degan ifodalardan bexabar. Chunki shaharda, qurshovda qolgan, bombardimon ostidagilar haqida gap ketar ekan “ular yer yuzida jahannamda yashamoqdalar” dedi. Gutaliklar esa “o’limni kutayotganliklarini” ifoda etmoqda. Zero, rejim kuchlaridan qutilsa qurshov ostida ochlik va kasallikdan jon beradilar. Rejim kuchlari avval ham Halab va Idlibda bo’lganidek, ayniqsa kasalxonalarni nishonga olmoqda. Guta shahri Suriya poytaxti Damashqni (shimoldagi Kasiyum tepasini hisobga olmagudek bo’lsak) sharq, g’arb va janubdan qurshab turgan bir vodiy hisoblanadi va u qadimdan beri yamyashil bog’i bilan dunyoga mashhur. Damashqning daromad manbai hisoblangan Guta, qishloq xo'jaligi jihatidan dunyoning eng samarali tuprog’i hisoblanadi. Qadimgi arab geograflar yuqorida nomi tilga olingan bu mintaqani daryolari, mevali daraxtlariyu bog’lari bilan mashhur, damashqlik boy oilalarning ko’shklari bilan bezalgan, dunyoning ajoyib makonlaridan biri sifatida ifoda etganlar. Guta bugungi kunda ancha shaharlashgan bo’lishiga qaramay qadimda mazkur shahar uchun ne ne asarlar qalamga olingan desak mubolag’a bo’lmaydi. Hatto urushdan oldin, bahor mavsumlarida, mintaqa, damashqliklarning dam olish sohasi edi. Damashqni ikkiga bo’lgan Barada daryosi va kanallari Gutadan o’tadi. Usmoniy davlatinnig oxirgi davrida 50 000 nafarni tashkil etgan aholi soni bugungi kunga kelib qariyb 400 000 nafar deb tahmin qilinmoqda. Bu aholi sonining to’rtdan bir bo’lagi urush yuzasidan shaharni tark etganligi uchun, Sharqiy Gutada hozirda qariyb 300 000 kishining istiqomat qilayotganligi tahmin qilinmoqda. Ma’lum darajada arxeologik asarlar bilan birga ko’plab sahoba qabri o’rin olgan Guta, Quddusni bosqinchilardan qutqargan Salohiddin Ayyubiyning ham eng yaxshi ko’rgan diyorlaridan biri edi. Suriyada 2011-yili xalq norozichiligining boshlanishining eng muhim markazlaridan biri hisoblangan va poytaxt Damashqqa yaqin bo’lishi bilan strategik ahamiyatga ega bo’lgan Sharqiy Guta, 2013-yilning aprel oyidan beri Asad kuchlari tomonidan qurshab olindi. Ham artilleriya to’pi, ham da havo hujumlari orqali Sharqiy Gutaga qarshi uzluksiz hujum qilgan rejim, mintaqaga gumanitar yordam yetkazib berish imkonlarini ham cheklagan vaziyatda. Sharqiy Gutada ba’zan bir-biri bilan ham urushgan ikkita muxolafat guruh hukmronlik qilmoqda. Ulardan biri Erkin Suriya armiyasiga qarashli va Suriya armiyasidan “kapitan” harbiy unvoni bilan ayrilgan Abdunnosir Shamir yetakchilik qilgan “Faylakur Rahmon” (Rahmon ittifoqi) guruhidir. Qo’llaridagi eng muhim qurol esa Amerikaning tanklarga qarshi BGM-71 TOW rusumidagi raketalaridir. Ikkinchi guruh esa “Jayshul Islom” yani Islom armiyasi. Sharqiy Gutadagi eng yirik muxolafat guruh hisoblanadi. Erkin Suriya armiyasiga qarashli bo’lmagan mazkur guruh Saudiya tomonidan qo’llab-quvvatlangan “Jabhatul Islom” guruhiga mansubdir. Ular qo’lida turli raketalar mavjud. Mintaqadan Damashqqa qarshi otilgan raketa hujumlari, rejimning Sharqiy Gutaga qattiq hujumlar uyushtirishiga yo’l ochmoqda. Qurshab olingan mazkur mintaqa tashqi dunyo bilan faqatgina ikki yo’l orqali aloqa o’rnata oladi. Ulardan biri Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi Duma shahridagi Vafidin nazorat nuqtasi. Mazkur nazorat nuqtasining bir tomonida rejim kuchlari, ikkinchi tomonida esa “Jayshul Islom” unsurlari mavjud. Undan tashqari huddi G’azo bilan Misr o’rtasida bo’lganidek Damashqdan boshqa shaharchalarga qarab yo’l olgan tunellar bor. Lekin bu tunellar oxirgi vaqtlarda rejim tomonidan yopib qo’yilgan vaziyatda. O’tgan 2017-yilning sentabr oyidan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining yordam tashkilotlarining mintaqaga kirishlari ancha cheklandi desak mubolag’a bo’lmaydi. Lekin noyabr va dekabr oylariga kelib ularning bir marotaba kirishlariga ruxsat berilishi sal bo’lsa ham yordam berdi. Narxlarning Damashqqa qaraganda ancha ko’tarilgan Sharqiy Gutada insonlar bir kunda faqatgina bir mahal ovqatlanmoqda. Qariyb 300 000 kishining oziq-ovqatga ehtiyoji bo’lgan Sharqiy Gutada ayniqsa xalqning eng asosiy oziq-ovqat ehtiyoji hisoblangan non va guruch yo’q. Kam ovqatlanish yuzasidan jon bergan bolalar soni ko’p.  Bemorlarni mintaqadan olib chiqish imkonsiz bo’lmagani uchun ham, o’lim voqealari kun o’tgan sayin ortib bormoqda. Sharqiy Guta uzoq vaqtdan beri barrel va kassetali bombalar shuningdek, kimyoviy qurollar orqali vayron qilinmoqda. Oxirgi vaqtlarda mintaqada Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ro’yhatga olingan 6 ta kasalxonaga ziyon yetkazildi. Uzoq davom etgan qurshov yuzasidan kerakli dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari yo’q. Bashar al-Asad rejimi mintaqani anchadan beri qurshab olish orqali o’rta asr taktikasi yo’lga qoymoqda va bundan qutilishning faqatgina ikkita yo’ligina bor. Ulardan biri mintaqadagi guruhlarning butunlay taslim bo’lishi; ikkinchisi esa bombardimon, ochlik va kasallik yuzasidan mintaqadagi xaqlning o’lib ketishi. Ustiga-ustak ularning hammasi zamonaviy va madaniy xalqaro hamjamiyat ko’z oldida yuz bermoqda.

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Marmara nomidagi universitetning “Siyosiy fanlar” fakulteti o’qituvchisi professor doktor Jengiz Tomarning “Anado’lu” axborot agentligida chop etilgan mavzu haqidagi muloxazasini e’tiboringizga havola qildik. Kelgusi dasturimizda uchrashguncha xayr, omon bo’ling.

 



Aloqador xabarlar