Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 30 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Sobiq prezident korrupsiya, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va davlat sirlarini oshkor etishda ayblanmoqda.

919124
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 30 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

 

Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xeni 30 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qildi.

Prokuraturaning suddagi ifodasida; “Suddan Janubiy Koreyaning 18-prezidentiga 30 yil qamoq jazosi va 118.5 mlrd von (110 mln dollar) ma’muriy pul jazosi berilishini talab qilamiz”,-deyildi.

Prokurorlar mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xening uzoq yillar mobaynida 3 nafar janubiy koreyalik shirkatdan turli iltimoslar bilan 59.2 mlrd von (52 mln dollar) pora olganligini ilgari surdi.

Sobiq prezident korrupsiya, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va davlat sirlarini oshkor etishda ayblanmoqda.

Parlament 2016 yilda mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xeni lavozimdan chetlashtirish to’g’risida qaror qabul qilgandi.

Konstitutsiya sudining 8 sudyadan tashkil topgan hay’ati Pak Kin Xega 2017 yilning martida impichment e’lon qilib, aprel oyida uni qo'lga olgandi.

Pak Kin Xe Janubiy Koreya tarixida sud tomonidan lavozimdan chetlashtirilgan ilk davlat rahbari bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #Pak Kin Xe , #sud , #ozodlik , #qamoq

Aloqador xabarlar