Saudiya Arabistonida ayollar harbiy xizmatga qabul qilinadi

Xavfsizlik bosh boshqarmasi ayollarni harbiy xizmatga qabul qilish maqsadida elektron murojaat sistemasini yo’lga qo’ydi.

918298
Saudiya Arabistonida ayollar harbiy xizmatga qabul qilinadi

Saudiya Arabistoni tarixida ikkinchi marta ayollarning harbiy xizmatga qabul qilinishi uchun imkon berildi.

Xavfsizlik bosh boshqarmasi ayollarni harbiy xizmatga qabul qilish maqsadida elektron murojaat sistemasini yo’lga qo’ydi.

Murojaatlar 1 mart payshanba kunigacha davom etadi.

Saudiya Arabistoni passport boshqarmasi ham o’tgan oyda aeroport va chegara bojxonalarida mehnat qiladigan ayol harbiylarni ishga qabul qilish uchun e’lon bergandi.

Saudiya Arabistoni bir muddatdan beri shaxzoda valiahdi Muhammad bin Salmon tomonidan amalga oshirilayotgan “2030-yil harakatlar strategiyasi” doirasida ommaviy, iqtisodiy va madaniy islohotlarga guvoh bo’lmoqda.

Mazkur harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatda ayollarning haq va huquqini oshirish rejalanganligi qayd etilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar