Macron bilan Merkel Putinga, Sharqiy Guta masalasi ustidan maktub yozdi

Emmanuel Macron bilan Angela Merkel Vladimir Putinni, BMTXKda ovozga qo’yiladigan va Suriya poytaxti Damashqqa qarashli Sharqiy Guta shahrida o’q uzishni to’xtatishga bag’shlangan rezolyutsiyani qo’llab-quvvatlashga chaqirdi.

917289
Macron bilan Merkel Putinga, Sharqiy Guta masalasi ustidan maktub yozdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron bilan Germaniya kantsleri Angela Merkel Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinni, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida ovozga qo’yiladigan va Suriya poytaxti Damashqqa qarashli Sharqiy Guta shahrida o’q uzishni to’xtatishga bag’shlangan rezolyutsiyani qo’llab-quvvatlashga chaqirdi.

Fransiya Prezidentlik apparati tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Macron bilan Merkel, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinga, Suriyadagi oxirgi vaziyat va Sharqiy Gutadagi insoniy holatni qo’lga olgan maktub qalamga olgan.

Bayonotda ikkala liderhning Putinni, BMTXKda qo’lga olinayotgan Sharqiy Gutaga gumanitar yordamning yetkazib berilishi, tezlik bilan tibbiy yordamga ehtiyoji bo’lgan kishilarning evakuatsiya qilinishi uchun o’q uzishning to’xtatilishi va hujumlarning tezlik bilan to’xtatilishiga undaganligi qayd etildi.

BMTXKda ovozga qo’yiladigan rezolyutsiyaning Rossiya tomonidan qo’llab-quvvatlanishini talab qilgan ikkala lider shu bilan birga Fransiya bilan Germaniyaning, Suriyada, inson huquqlarini paymol qilgan ravishda tinch aholiga, bolalarga va kasallarga qarshi uyushtirilgan hujumlarni, keskin qoralaganligini ma’lum qildi.  

Aytib o’tish joizki ushbu bayonotda Sharqiy Gutadagi tinch aholi vaziyatiga e’tibor qaratilib, ikkala mamlakatning Rossiyani, o’z javobgarchiligini bajarishga chaqirganligi ham ifoda etildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar