Afg’onistonda Tolibon a’zolari politsiya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirdi

Afg’onistonning G’azna shahar hokimi Aref Nuriy, Tolibon a’zolari G’azna viloyati Deh Yak tumanidagi politsiya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirganligini qayd etdi.

916415
Afg’onistonda Tolibon a’zolari politsiya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirdi

Afg’onistonda Tolibon a’zolari politsiya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirar ekan oqibatida 8 politsiya xodimi jon berdi.

Afg’onistonning G’azna shahar hokimi Aref Nuriy, Tolibon a’zolari G’azna viloyati Deh Yak tumanidagi politsiya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirganligini qayd etdi.

Aref Nuriy shuningdek, hujum ortidan kelib chiqqan to’qnashuvda Tolibon a’zolarining ham yo’qotishlarga uchraganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Tolibon tomonidan berilgan bayonotda hujumda 9 nafar politsiya hodimining jon berganligi, 1 nafar politsiya xodimining esa tutqunga olinganligi iddio etildi.



Aloqador xabarlar