Sharqiy Gutadagi vaziyat xalqaro maydonda e’tirozlarga yo’l ochmoqda

Suriyada Bashar al-Asad rejimi tomonidan Sharqiy Gutaga qarshi oxirgi 48 soat ichida uyushtirilgan hujumlar oqibatida 167 nafar tinch aholi jon berdi.

914804
Sharqiy Gutadagi vaziyat xalqaro maydonda e’tirozlarga yo’l ochmoqda

Suriyada Bashar al-Asad rejimi tomonidan Sharqiy Gutaga qarshi oxirgi 48 soat ichida uyushtirilgan hujumlar oqibatida 167 nafar tinch aholi jon berdi.

Mintaqadagi vaziyat xalqaro maydonda e’tirozlarga yo’l ochmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriyaning Sharqiy Gutada ortgan to’qnashuv va tinch aholi ustidagi vayron qiluvchi ta’sirining “dahshatli” ekanligini qayd etdi.

BMT Bosh kotibi voizi tomonidan berilgan bayonotda, Bosh kotib Antonio Guterresning havo hujumi va bombardimonlarga ma’ruz qolgan qariyb 400 ming tinch aholi vaziyatidan chuqur tashvishda ekanligi yetkazildi.

Rejimning qurshab olishi yuzasidan Sharqiy Gutada tinch aholining nihoyatda og’ir shart-sharoitda jon saqlaganligi va yetarli to’yib ovqatlanmaslik xavfi ostida ekanligi ifoda etilgan bayonotda, dushanba kunidan e’tiboran 13 nafari yosh bola bo’lish bilan birga jami 100 dan ortiq kishining havo hujumlari va bombardimonlar tufayli jon berganligini ma’lum qildi.

Mintaqada 5 ta kasalxona bilan tibbiy markazning havo hujumlarida nishonga olinganligi eslatilgan bayonotda, 700 kishining tibbiy evakuatsiyaga ehtiyoji borligi ta’kidlandi.  

Bayonotda barcha tomonlarni tinch aholiga gumanitar yordamlarni yetkazib berish va ularning evakuatsiya qilinishi uchun o’q uzishni to’xtatishga undadi.

Amerika Qo’shma Shtatlari ham Sharqiy Gutadagi rejim hujumlaridan qanchalik tashvishda ekanligini ma’lum qildi.

AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Heather Nauert,

“Sharqiy Gutadagi vaziyatdan chuqur qayg’udamiz. Oxirgi hisobotlarga qaraganda havo hujumlari to’g’ridan-to’g’ri kasalxonalar bilan tinch aholi turar-joy punktlarini nishonga olmoqda. Buning natijasida esa oxirgi 48 soat ichida yuzdan ortiq kishi jon berdi” deya gapirdi.  

Hujumlarning oxirgi kunlarda yana-da ortganligini eslatgan Nauert,

“Bashar al-Asad rejimi qurshab olish orqali tinch aholini ocharchilikga yetaklagan taktikalarni yo’lga qo’ymoqda va bu vaziyat odam bolasi uchun bir falokat hisoblanadi. Halabning sharqidagi falokat endi esa Sharqiy Gutada takrorlanmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar