"Refah" chegara darvozasi bugundan boshlab ochildi

Isroil kiritgan embargo tufayli G'azoning dunyoga ochilgan yagona darvozasi hisoblangan "Refah" chegara darvozasi bugundan boshlab 4 kun ikki tomonli olaroq ochildi.

914923
"Refah" chegara darvozasi bugundan boshlab ochildi

Isroil kiritgan embargo tufayli G'azoning dunyoga ochilgan yagona darvozasi hisoblangan "Refah" chegara darvozasi bugundan boshlab 4 kun ikki tomonli olaroq ochildi.

Qohiradagi Falastin elchixonasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, Misr yetakchiligi tomonidan “Refah” chegara darvozasining ertadan boshlab 4 kun ochiq turishi ma’lum qilindi.

Qariyb 10 kundan beri Misr tomonida qolib ketgan 69 kishining o’tishi uchun darvoza kecha qisqa vaqt uchun ochilgan edi.  

Aytib o’tish joizki aslida G’azoga kirib chiqilgan 7 ta chegara darvozasi mavjud. Lekin Misrning nazorati ostidagi “Refah”dan tashqari 6 ta darvoza Isroil nazorati ostidadir.

Mazkur 6 ta darvozadan tijoriy maqsadda foydalanilgan 4 tasi, “Hamas” islomiy guruhining saylovlarda g’olib chiqib, hokimiyatni qo’lga olishi ortidan 2007-yilning iyun oyida Isroil tomonidan bekitilgan edi.

Qolgan ikkita darvozadan biri “Beyt Hanun”dan chet el pasportiga ega bo’lganlar, kasal va ishbilarmonlarning G’arbiy Sheriaga o’tishi, “Kerm Abu Salim” dan esa ba’zi tijoriy mahsulotlarning olib o’tilishi uchun foydalanilmoqda.

Bunga qaramay “Kerm Abu Salim” va “Beyt Hanun” turli sabablar bilan tez-tez bekitilib turadi.

Misr boshqaruvi ham 2013-yili yuz bergan harbiy to’ntarish ortidan “Refah” chegara darvozasini deyarli butunlay yopib qoymoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar