Meksikada ichki ishlar vazirini olib ketayotgan harbiy vertolyot qulab tushdi

Fojiada 13 kishi halok bo’ldi. Qurbonlar orasida 2 nafar yosh bola ham borligi aytilmoqda.

912713
Meksikada ichki ishlar vazirini olib ketayotgan harbiy vertolyot qulab tushdi

Meksikada ichki ishlar vaziri Alfonso Navarrete va Oaxaka shtati gubernatorini olib ketayotgan harbiy vertolyot halokatga uchradi.

Fojiada 13 kishi halok bo’ldi. Qurbonlar orasida 2 nafar yosh bola ham borligi aytilmoqda.

Avvalroq ma’lum qilingandek, fojia 16 fevral kechki payt Xamiltepek shahrida yuz bergan.

Meksika ichki ishlar vaziri Alfonso Navarrete va Oaxaka shtati gubernatori vertolyotda mamlakatda yuz bergan kuchli zilziladan jabrlangan hududlar ustidan uchib o'tayotgan bo'lganlar.

Harbiy vertolyot 40 metr balandlikdan qulagan.  

“UH-60 Black Hawk” vertolyoti uchuvchisi qo'nish vaqtida boshqaruvni qo'ldan chiqargan.

Natijada vertolyot bir nechta avtomobillar ustiga tushgan. Vertolyot qulagach, aylanib ketgan. Voqea joyida 13 kishi halok bo’lgan. Vertolyot ichidagilar esa yengil yaralangan.

 



Aloqador xabarlar