Suriyada AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Rossiya tankini portlatdi

Bu haqda kolitsiya kuchi kotibi mayor Ryan Dillon ma’lum qildi.

910264
Suriyada AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Rossiya tankini portlatdi

Suriyada terror tashkiloti DAIShga qarshi harbiy operatsiya olib borayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Rossiya tankini portlatdi.

Bu haqda kolitsiya kuchi kotibi mayor Ryan Dillon ma’lum qildi.

“10 fevral kuni Suriyaning Deyr-uz Zor viloyati janubidagi Tebiya qishlog’i yaqinlarida koalitsiya kuchlari joylashgan hududga rus tankidan o’q uzildi”,-deya ma’lum qiladi Ryan Dillon.

Koalitsiya kuchlari o’zini himoya qilish maqsadida “T-72” rus tankini portlatdi.

Noto’g’ri tushunchalarga bormaslik uchun darhol Rossiya qo’shini bilan aloqa o’rnatilganligini ma’lum qilgan Dillon, tankning kimlar tomonidan boshqarilganligiga doir ma’lumot bermadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #DAISh , #AQSh , #koalitsiya kuchlari , #Rossiya , #tank

Aloqador xabarlar