Afg’onistonda "Tolibon" radikal guruhiga tegishli ta’lim lageri portlatildi

AQSh kuchlari Afg’onistonda "Tolibon" radikal guruhiga tegishli ta’lim lagerini “B-52” harbiy samolyoti bilan portlatdi.

905292
Afg’onistonda "Tolibon" radikal guruhiga tegishli ta’lim lageri portlatildi

Afg’onistonda NATO tarkibida xizmat qilgan AQSh kuchlari "Tolibon" radikal guruhiga tegishli ta’lim lagerini “B-52” harbiy samolyoti bilan portlatdi.

Bu haqda AQSh qo’shini bayonot berdi.

“Afg’onistonning shimoli sharqida joylashgan Badaxshon viloyatining Xitoy va Tojikiston chegarasidagi terror lageriga berilgan aviazarba hududni jangarilardan tozalashni maqsad qiladi”,-deyiladi bayonotda.

Aviazarbada Tolibonning qo’lidagi harbiy vositalar portlatilganligi ma’lum qilindi.

Hujumda necha jangarining o’ldirilganligi ma’lum emas.



Aloqador xabarlar