AQShda 16 nafar bola shiddatli gripp tufayli nobud bo’lgan

O’ta yuqumli gripp kasalligi keng tarqalgan AQShda oktyabr oyidan beri 53 kishi hayotdan ko’z yumgan.

903141
AQShda 16 nafar bola shiddatli gripp tufayli nobud bo’lgan

AQShda so’ngi bir hafta ichida 16 ta bola shiddatli gripp tufayli nobud bo’lgan.

O’ta yuqumli gripp kasalligi keng tarqalgan AQShda oktyabr oyidan beri 53 kishi hayotdan ko’z yumgan.

Yuqumli kasalliklarni nazorat qilish tibbiy markazi ma’lum qilishicha, H3N2 virusi yuqumli kasallikning keng tarqalishiga va qurbonlarning ortib borishiga sabab bo’lmoqda.

Ta’kidlanishicha, virus tufayli tarqalgan kasallikning darajasi avvalgi yillarda tarqalgan gripp kasalligining darajasiga nisbatan yana ham og’ir o’tmoqda.

Ushbu tibbiy markaz aholini gripdan saqlanish uchun kerakli chora-tadbirlarga qattiq amal qilishga chaqirmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #yuqumli kasallik , #gripp , #H3N2 virusi

Aloqador xabarlar