Saudiya Arabistondagi Ritz-Carton mehmonxonasi takror xizmatga o'tadi

Mehmonxonaning internet saytidan berilgan bayonotda, Ritz-Carltonning xizmatga o'tishini ma'lum qildi.

889174
Saudiya Arabistondagi Ritz-Carton mehmonxonasi takror xizmatga o'tadi

Saudiya Arabistonda Noyabr oyining boshlarida poraxo'rlik jinoyati bilan ayblangan tekshirilgan o'nlab shahzoda, tadbirkor va yuqori darajali amaldor nazoratda tutilgan poytaxt Riyoddagi lux Ritz-Carton mehmonxonasi, takror eshiklarini ochmoqda.

Mehmonxonaning internet saytidan berilgan bayonotda, Ritz-Carltonning kelgusi oydan e'tiboran xizmatga o'tishini ma'lum qildi.

Reutersga muloqot bergan bir mehmonxona vakili, 14-fevral kunidan e'tiboran rezervatiyalar bo'lganini izohladi.

Mehmonxonadagi eng arzon nomerning narxi esa 650 dollar.

"Dunyoning eng lux qamoqxonasi" deb ta'rif qilingan Ritz-Carltonda qamab qo'yilganlar orasida, Saudiya Arabistonning eng boy ismi Alwaleed bin Talal ham bor.

Saudiya hukumatining nazorat ostida bo'lgan isimlar bilan o'tkazgan uchrashuvlarning samara bergani, aybini tan olgan kishilar esa sarvatining evaziga ozod bo'lgani bildirilgan edi.



Aloqador xabarlar