AQSh iqlim bo'yicha Parij kelishuviga takror qo'shilishi mumkin

Donald Tramp:"Kelishuvdagi mavjud shartlar AQShning iqtisodiy manfaatlariga to’g’ri kelmaydi. Ba’zi o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda, AQSh Parij kelishuviga takror qo’shilishi mumkin".

885957
AQSh iqlim bo'yicha Parij kelishuviga takror qo'shilishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, mamlakat yana iqlim bo'yicha Parij kelishuviga qo'shilishi mumkin.

Ayni paytda, Tramp Shimoliy Koreya bilan ham munosabatlarni yumshatishga qaror berdi.

Avvallari Shimoliy Koreyani yer bilan yakson qilishini aytgan Tramp endilikda uchrashuv tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

Tramp Janubiy Koreya davlat rahbari Moon Jae-In bilan telefonda muloqot qildi.

Bu haqda Oq uy yozma bayonot berdi.

“Prezident Tramp qulay vaqtda Shimoliy Koreya bilan uchrashuv va muzokaralarni o’tkazishga tayyor”,-deyiladi bayonotda.

Ma’lumki, Donald Tramp o’tgan yili iqlim bo'yicha Parij kelishuvidan bosh tortgan edi.

Tramp: “Iqlim bo'yicha Parij kelishuvi AQShga nisbatan juda adolatsiz edi. Bizga biznes bilan shug'ullanishda ko'plab muammolar tug'dirdi”,-degan edi.

Lekin, xozirda bu fikridan qaytgan Tramp Parij kelishuviga takror qo’shilishi mumkinligi haqida imo qildi.

Tramp: “Kelishuvga yana qaytishimiz ehtimol. Atrof-muhit va global iqlim o'zgarishi bilan bog’liq yaxshi tuyg’ularga egamiz”,-dedi.

Kelishuvdagi mavjud shartlar AQShning iqtisodiy manfaatlariga to’g’ri kelmaganligini ilgari surgan Tramp, Xitoy va Rossiyadan misol qilib keltirib, ba’zi o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda, AQSh Parij kelishuviga takror qo’shilishi mumkinligini bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar