Yamanda Husi makonlari, koalitsiya kuchlari tomonidan bombalandi

Yamanda Husi makonlari Saudiya Arabiston boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan bombalandi.

885357
Yamanda Husi makonlari, koalitsiya kuchlari tomonidan bombalandi

Yamanning poytaxti Sananing shimoliy sharqidagi Husi makonlari Saudiya Arabiston boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan bombalandi.

Harbiy manbalarning ma'lum qilishicha, tongi soatlarda uyushtirilgan va 1,5 soat davom etgan hujumlarda, Hedan tumanidagi Istiqbol harbiy lageri nishonga olingan.

Havo hujumlarida qurol omborlari bombalangani va balistik raketa bazasi bo'lgani tahin etilgan nuqtalarning nishonga olingani qayd etildi.

Hujumlarda, poytaxtning shimoliy sharqidagi dalalar nishonga olinishiga qaramasdan janubdagi ayrim tumanlardan o'q ovozi eshitilganini ma'lum qilgan manbalar, qattiq portlash natijasida maktab o'quvchilarining uylariga yuborilgani va ayrim savdo markazlarining yopilgani ifoda etildi.

Uzoq muddatdan beri siyosiy barqarorsizlik bo'lgan Yamanda qonuniy hukumatga zarba urgan Husilar, 2014 yildan beri poytaxt Sana va ayrim hududlarni nazorat qilib kelmoqda.

SaudiyaArabiston boshchiligidaig  koalitsiya kuchlair esa 2015 yili Mart oyidna beri Yamanda hukumatni qo2llab-quvvatlab kelmoqda.



Aloqador xabarlar