BMT Tamimining hayotidan xavotirdi...

BMT, 16 yoshdagi Falastinlik Ahed Tamimining Isroilning harbiy mahkamasida sud qilinishini qayg'uli deb baholadi.

884218
BMT Tamimining hayotidan xavotirdi...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), 16 yoshda bo'lgan Falastinlik Ahed Tamimining Isroil tomonidan qo'lga olingandan keyin harbiy mahkamada sud qilinishini qayg'uli deb baholadi.

BMT bosh kotibi spikeri Stephane Dujarric, matbuot anjumanida, Tamimining nazoratga olinishi bilan aloqali bir savolga quyigayicha javob berdi: "Insonlarning haqlariga hurmat ko'rsatishni kerak. Bolalarning nazoratga olinishidan xavotirdamiz va bu qayg'ularimizni bildirdik."

Ahed, o'tgan oy, Washington boshqaruvining Al-Qudsni Isroilning poytaxti deb e'lon qilgan qarori tufayli 200 nafar Falastinlikning Isroil askarlariga tosh otgan namoyishlaridan keyin, G'arbiy Sohilning Bani Salih qishlog'ida, uylariga kelgan ikki nafar Isroil askarini do'pposlagani tasfirga olingan edi.

Tonggi soatlarda Ahedning uyiga bosib kirgan Isroil askari va politsiyachilari oila a'zolariga zarba urib kompyuter va kameralarini musodara etganlar.

Isroil ta'lim vaziri Naftali Bennet Ahed haqida "Umri qamoqda o'tadi" dedi.



Aloqador xabarlar