Rossiyaning Suriyadagi bazasiga qarshi uyushtirilgan hujumda 2 askar jon bergan

Rossiyaning Suriyadagi “Himaymim” bazasiga qarshi uyushtirilgan hujumda 2 askarning jon berganligi ma’lum bo’ldi.

881809
Rossiyaning Suriyadagi bazasiga qarshi uyushtirilgan hujumda 2 askar jon bergan

Rossiyaning Suriyadagi “Himaymim” bazasiga qarshi uyushtirilgan hujumda 2 askarning jon berganligi ma’lum bo’ldi.

Rossiya Mudofaa vazirligidan berilgan shu haqidagi yozma ravishdagi bayonotda 31-dekabr kuni, Rossiyaning Suriyadagi “Himaymim” nomidagi bazasiga qarshi minomyod orqali hujum qilinganligi, hujumchi guruhning esa hali hanuz kim ekanligining noma’lumligi ma’lum qilindi.  

Hujum oqibatida 2 askarning jon berganligi ifoda etilgan bayonotda, bazadagi 7 ta urush uchog’ining yo’q qilinganligi haqidagi iddiolarning esa noto’g’ri ekanligi eslatildi.

Bayonotda Suriya razvedka tashkiloti tomonidan hujumchilar ustidan kerakli faoliyatlarning olib borilganligi va “Himeymim” bazasidagi xavfsizlik tadbirlarining orttirilganligi haqidagi ma’lumotlarga o’rin berildi.

Rossiyaning Kommersant gazetasining harbiy va siyosiy manbaalarga asoslanib tarqatgan ma’lumotida, “Himeymim” bazasiga “muxolifat guruhlar” tomonidan 31-dekabr kuni amalga oshirilgan hujum oqibatida 10 dan ortiq askarning tan jarohati olganligi va kamida 7 ta urush uchog’ining foydalanishdan chiqarilganligi iddio etilgan edi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin o’tgan oydagi Turkiyaga bo’lgan davlat tashrifi chog’ida kutilmagan joydan “Himeymim” bazasida bergan bayonotida, Rus askarlarining Suriyani tark etishi haqida buyruq berganligini eslatgan holda,

“Rossiyaning Suriyada qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish markazi esa o’z faoliyatlarini davom ettiradi. Rossiyaning Tartus va Himeymim bazalarining faoliyatlari ham doimiy ravishda davom etadi” degan edi.

 



Aloqador xabarlar