Afg'onistonda jangarilar bilan otishmada Amerika askari halok bo'ldi

Bu haqda AQSh Qurolli kuchlarining Afg'onistondagi shtabi bayonot berdi.

880866
Afg'onistonda jangarilar bilan otishmada Amerika askari halok bo'ldi

Afg'oniston sharqida joylashgan Nangarhar viloyatiga qarashli Achine tumanida terroristlar bilan otishmada amerikalik askar halok bo’ldi.

Bu haqda AQSh Qurolli kuchlarining Afg'onistondagi shtabi bayonot berdi.

“Nangarhar viloyati Achine tumani hududida sodir bo’lgan terroristlar bilan otishmada amerikalik bir askar halok bo'ldi va yana 4 askar jarohatlandi”,-deyiladi bayonotda.

Yarador askarlardan ikki nafariga shifoxonada tez yordam ko’rsatilgan.

Otishmaning kimlar yoki qaysi guruhlar o’rtasida ro’y bergani haqida tafsilotli ma’lumot berilmadi.

Achine mahalla komiteti raisi Muhammad Ismoil Shinvari ma’lum qilishicha, Amerika askarlari va afg’on xavfsizlik kuchlari terror tashkiloti DAIShga qarshi operatsiya o’tkazdi. Operatsiya jarayonida terroristlar bilan askarlar o’rtasida kuchli otishma ro’y berdi.

Uning aytishicha, qizg’in otishmalar vaqtida Amerika askarlaridan biri halok bo’lgan.

Ma’lumki, Achine tumani DAIShning qal’asiga aylangan. Mamlakatning g'arbiy hududlarida DAISh ta’siri kuchaygan.

Eslatma: O’tgan yilning aprel oyida Achine tumaniga “Bombalarning onasi” deb baholangan MOAB bombasi otilgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Afg'oniston , #otishma , #Nangarhar , #DAISh , #askar

Aloqador xabarlar