Afg'onistonda Tolibon jangarisi davlatga taslim bo'ldi

Juzjan hokimi Mavlaviy Lutfulloh Aziziy ma'lum qilishicha, 9 jangari o'z xohshi bilan davlatga taslim bo'lgan.

879691
Afg'onistonda Tolibon jangarisi davlatga taslim bo'ldi

 

Afg'oniston shimolidagi Juzjan viloyatida 9 nafar Tolibon jangarisi qurolni tashlab davlatga taslim bo'ldi.

Juzjan hokimi Mavlaviy Lutfulloh Aziziy ma'lum qilishicha, 9 jangari o'z xohshi bilan davlatga taslim bo'lgan.

Taslim bo'lgan jangarilarni tarbiyalash, jamiyatga foydali fuqarolar bo'lishiga imkon yaratish va ularga ish o'rinlari yaratishini tilga olgan viloyat hokimi, Tolibon jangarilarining taslim bo'lishi mintaqa xavfsizligi uchun muhim ekanligini bildirdi.

Ma'lumotga ko'ra, Juzjanda Oliy tinchlik kengashi o'z faoliyatini boshlagandan beri 862 jangari taslim bo'ldi.

Qurolni tashlab taslim bo'lgan jangarilarga davlat tomonidan moddiy yordam va ish imkoniyati yaratilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #taslim

Aloqador xabarlar