Amerikaning Kolorado shtatida otishma sodir bo'ldi

Amerikaning Kolorado shtatida otishma kelib chiqishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi va 6 kishi jarohatlandi.

879496
Amerikaning Kolorado shtatida otishma sodir bo'ldi

Amerikaning Kolorado shtatida otishma kelib chiqishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi va 6 kishi jarohatlandi.

Bu voqea Kolorado shtati Duglas okrugi hududida ro’y bergan.

Ma’lumotga ko’ra, otishmada halok bo'lgan shaxs politsiya xodimi. Jarohatlanganlarning 4 nafari politsiya xodimi, ikki nafari u yerda yashovchi tinch aholi vakillari.

Politsiyaning qo'shimcha qilishicha, tonggi soat 06:00 atrofida telefon orqali shikoyat kelgan. Bunga javob berish maqsadida voqea joyiga yetib borgan politsiya xodimlari otishmaning o’rtasida qolib ketgan.

Kimligi noma’lum shaxs politsiyaga o’q uzgan. Politsiya xodimlari qurolli shaxsni otib o’ldirgan.

Otishma tafsilotlari ma’lum emas.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Amerika , #Kolorado , #otishma

Aloqador xabarlar