Germaniya marokashlik muhojir bolalarni deportatsiya qilmoqchi

Welt am Sonntag gazetasida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra Germaniya ko’plab muhojirga o’z darvozasini ochgan 2015-yildan beri birinchi marotaba 18 yoshdan kichik muhojirlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

876248
Germaniya marokashlik muhojir bolalarni deportatsiya qilmoqchi

Germaniya boshpana uchun murojaat talablari rad etilgan marokashlik bolalarni deportatsiya qilishga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Welt am Sonntag gazetasida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra Germaniya ko’plab muhojirga o’z darvozasini ochgan 2015-yildan beri birinchi marotaba 18 yoshdan kichik muhojirlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Bu doirada bolalar mamlakatning shimolida Marokash hukumti, mahalliyy rasmiylar va nodavlat notijorat tashkilotlarning hamkorligida qurilishi rejalashtirilgan boshpanalarga yuboriladi.    

Ushbu boshpanalarning har biri 100 kishilik bo’lar ekan ularda ayni vaqtda bolalarga ijtimoiy maslahat, yordam va ta’lim olish imkonlarining berilishi ko’zda tutilmoqda.

Gazetada o’rin olgan Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra boshpanalarga ixtiyoriy tarzda, o’z yurtlariga qaytmoqchi bo’lgan 18 yoshdan kichik muhojirlar bilan birga jinoyat ro’yhatiga kiritilgan va mintaqadagi mahalla bolalari qabul qilinadi.

Xristian demokratik ittifoqi partiyasidan deputat Ansgar Heveling esa mavzu haqida bergan bayonotida, loyiha muhim bo’lishiga qaramay bolalarni o’z yurtlarida, o’z oilalari bilan takror birga bo’lishini yana-da maqul deb topganligi qayd etilgan.  

Gazeta va yoshlar markazlari o’rtasida o’tkazilgan suhbatlar chog’ida markaz xodimlarining ta’kidlashicha, muhojir bolalar ayniqsa onalari bilan muntazam ravishda telefon orqali muloqat qilib turadi. Yetakchilar bundan xabardor bo’lishlariga qaramay nomi tilga olingan bolalarning oilalariga oid manzilni aniqlashga tashabbus ham qilmaganlar.  

Aytib o’tish joizki Federal Majlis tomonidan qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga ko’ra 2010-yildan boshlab 2014-yilgacha 4 nafar ota-onasiz muhojir bola deportatsiya qilinar ekan, 2015-yildan boshlab 2017-yilgacha bunday vaziyat yuz bermagan.

Statistikalarga ko’ra hozirda Germaniyada 48 ming nafar muhojir bola jon saqlaydi.

O’tgan 2015-yili qariyb 900 ming muhojirga o’z darvozasini ochgan Germaniyada, mamlakat kantsleri Angela Merkelning muhojirlar siyosati katta tanqidlarga yo’l ochgan edi.

Bu yil Germaniyadan boshpana talab qiladigan muhojirlar sonining esa 200 mingdan ortmasligi tahmin qilinmoqda.

 



Aloqador xabarlar