Ispaniya falastinlik qochqinlar uchun 2 mln evro mablag’ ajratdi

Bu haqda BMTning falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA) yozma bayonot berdi.

871357
Ispaniya falastinlik qochqinlar uchun 2 mln evro mablag’ ajratdi

Ispaniya BMTning falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA)ga 2 mln evro mablag’ o’tkazdi.

Bu haqda BMTning falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA) yozma bayonot berdi.

“Ispaniya hukumati “Ispaniya xalqaro hamkorlik agentligi” vositasida BMTning falastinlik qochqinlarga yordam agentligi uchun 2 mln evro mablag’ ajratdi. Bu mablag’ salomatlik, gumanitar yordam va ijtimoiy xizmatlar uchun sarflanadi”,-deyiladi bayonotda.

Bu mablag’ asosan dunyoda soni 5.2 mln dan oshgan falastinlik qochqinlar va BMTning falastinlik qochqinlarga yordam agentligi faoliyat ko’rsatgan mintaqalarda yashagan 500 mingdan ortiq bolaning ta’lim olishi uchun sarf qilinadi.

BMTning falastinlik qochqinlarga yordam agentligining ma’lumotiga ko’ra, Ispaniyaning 2007 yildan buyon ushbu agentlikka ajratgan mablag’i 94.4 mln evroga yetdi.

 

 



Aloqador xabarlar