Rossiya prezidenti Vladimir Putin Anqaraga tashrif buyurdi...

Prezidenti Erdo'g'an, Rossiyadan xarid qilinishi mo'ljallangan S-400 havo mudofaa sistemasining bu hafta oydinlanishini bildirdi.

866393
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Anqaraga tashrif buyurdi...

Turkiya prezidenti Rejeb Toyyip Erdo'g'an, Rossiyadan xarid qilinishi mo'ljallangan S-400 havo mudofaa sistemasi masalasiga bu hafta oydinlik kiritilishini bildirdi.

Erdo'g'an va Putin, joriy yilning 8. 'Ozaro uchrashuv' doirasida Anqarada ko'rishdi.

Rahbarlar ikki soatlik uchrashuv ortidan matbuot anjumani o'tkazdi.

Dunyo maroq bilan kutgan uchrashuv haqida bayonot bergan prezident Erdo'g'an, Putinga mezbonlik qilishdan bag'oyat  xursand ekanligini bildirdi.

Turkiya-Rossiya aloqlarining har tomonlama rivojlanganini ifoda etgan Erdo'g'an, 'siyosiy muvozanat, insoniy, tijoriy, turistik va energetika sohasiga ham aks etganini qayd etdi.

Rossiya bilan tijorat hajmining joriy yilning ilk 10 oyi ichida 30 % o'sganini ta'kidlagan Erdo'g'an, Akkuyu yadro stansiyasi va bunga o'xshash energiya loyihalarini hayotga tatbiq etishning ahamiyatiga to'xtalib o'tdi.

Putin bilan mintaqaviy masalalarni ham muhokama qilganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, Ostona sammitining kafolatchi davlatlari sifatida, Rossiyaning Sochi shahrida bo'ladigan, 22 noyabr kungi anjumanga o'xshash bir sammit tartiblanishini ma'lum qidli.

Erdo'g'an, Rossiyadan xarid qilinishi ko'zga tutilgan S-400 raketa sistemasi bilan aloqali bu hafta aniq qaror berilishini ham ta'kidladi.

Vladimir Putin esa Turkiya bilan hamkorlikning davom etganini ifoda etib, bu o'lka tuproqlarining katta bo'limining terroristlardan tozalanganini bildirdi.

Putin, Rossiyadan oldin borgan Suriyada, davlat rahbari Behhar Al-Asad bilan siyosiy jarayonni boshlatish uchun, rejimdan vakkillar bilan muxolif tomonni uchrashtirishni ko'zlagan Suriya Milliy Dialog Kongressini muhokama qilganliklarini qayd etdi.

Suriyada yechim o'rnatish doirasida Erdo'g'anning g'ayratlarini taqdirda loyiq deb baholagan Putin, Al-Quds mavzusida esa, AQSh boshqaruvining 'tinchlik jarayoniga bolta urgan bir qaror' berdi deb tanqid qildi.

Rus rahbar, Al-Qust masalasining faqat Isroil-Falatsin o'rtasida bo'ladigan muzokaralar bilan yechim topishini ta'kidladi.

Putin, Turkiyaga tashrifidan avval, Suriyaning Lazkiya shahrida kutilmagan ziyorat amalga oshirdi, bu yerdagi Rus harbiy  kuchining bir qismini chiqarish farmoni bergan edi.

Rus harbiy kuchi 2015 yil Suriyaga yuborilgan edi.

Vladimir Putin, Suriyadan keyin Misrda ham qisqa ziyorat o'tkazdi.


Tanlangan kalimalar: #erdo'g'an-putin , #uchrashuvi , #anqarada

Aloqador xabarlar