Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ozodlikka chiqdi

Saakashvili ozodlikka chiqqach, sud binosi oldida to’plangan tarafdorlari bilan uchrashdi.

866558
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ozodlikka chiqdi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Kiyevning Pechera tuman sudi prokuraturasi tomonidan ozodlikka chiqarildi.

8 dekabr kuni qo’lga olingan Saakashvili sudda ifoda berdi.

Sudda Mixail Saakashviliga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida uy qamog'i belgilanishi haqidagi taklif rad etildi va uni Ukraina oliy radasi deputatlari guruhi kafilligi ostida ozodlikka chiqardi.  

Saakashvili ozodlikka chiqqach, sud binosi oldida to’plangan tarafdorlari bilan uchrashdi.

Eslatib o'tish joizki, Saakashvili 5 dekabrda jinoiy tashkilotlar ishtirokchilariga ko'mak berish va ularning faoliyatini yashirish, Ukraina davlat rahbari Petro Poroshenkoni to’ntarish uchun Rossiya tarafdori bo’lgan ukrainalik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilish ishi bo'yicha qo'lga olingandi.

Biroq, u tarafdorlari tomondan huquq-tartibot idoralari xodimlari qo'lidan qutqarib olingan edi.

Saakashvili suddan keyin prezident bo'lish ishtiyoqi yo'qligini aytdi. 

Saakashvili sud qaroridan keyin “Menda prezident bo'lishga ishtiyoq yo'q”,-deb aytgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Mixail Saakashvili , #ozodlik , #Ukraina , #Gruziya , #sud

Aloqador xabarlar