Muhammad Nuruzzaman, arakanlik musulmonlarning muammolariga to’xtaldi

Markazi Bangladeshda joylashgan Resurslarni integratsiyalash va ijtimoiy rivojlanish jamiyati (RISDA) raisi Muhammad Nuruzzaman Bangladeshdagi arakanlik musulmonlar jon saqlagan lagerlardagi eng asosiy muammolar haqida ma’lumot berdi.

865520
Muhammad Nuruzzaman, arakanlik musulmonlarning muammolariga to’xtaldi

Markazi Bangladeshda joylashgan Resurslarni integratsiyalash va ijtimoiy rivojlanish jamiyati (RISDA) raisi Muhammad Nuruzzaman, Bangladeshdagi arakanlik musulmonlar jon saqlagan lagerlardagi eng asosiy muammolardan birining oilasi Arakanda, Myanma armiyasi yoki budistlar tomonidan o’ldirilgan yetim bolalar ekanligini qayd etdi.

ROSDA raisi Nuruzzaman, arakanlik musulmonlarning ehtiyojlarini qoniqtirish maqsadida odeal, kiyim-kechak va infratuzilma xizmatlari kabi bir necha faoliyat olib borganliklarini belgilab o’tdi.

Lagerlardagi ikkinchi muammoning esa homila ayollarning borligiga e’tibor qaratgan Nuruzzaman,

“Homila ayollarning ko’pchiligi yaqinda ko’z yoradi. Bu jiddiy masaladir. Qolaversa Bangladeshga qish keldi, bu ham muhim muammolardan biri hisoblanadi” deya gapirdi.

Lagerlardagi arakanlik musulmonlarning bir necha kasalliklarga qarshi kurash olib borganliklarini yoki kasallik xavfi ostida ekanligini o’z so’ziga ilova etgan Nuruzzaman,

“Lagerlardagi odamlar nafas olish va oshqozon tizimi kasalliklari kabi bir necha kasallikga qarshi kurash olib bormoqda. Odamlarning iflos suvlardan ichishi, bir necha kasallikning kelib chiqishiga yo’l ochmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 

 



Aloqador xabarlar