Germaniya konsleri Merkel AQShning qarorini "bir xato" deb baholadi...

Merkel, AQShning "Al-Quds"ni Isroilning poytaxsi sifatida tan olish" qarorini noto'g'ri bo'lganini bildirdi.

863870
Germaniya konsleri Merkel AQShning qarorini "bir xato" deb baholadi...

Germaniya konsleri Angela Merkel, Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh) "Al-Qudsni Isrilning poytaxti deb e'lon qilishi" va "Amerika elchiligini al-Qudsga ko'chirish" qarorini, "Bizlar bu mavzuda BMT qarorlarina rioya qilamiz. Qarorlar doirasida ikki davlat vujudga keltirish borasidagi muzokaralar doirasida al-Qudsning statuyasini muhokama qilish ham nazarda tutilmoqda. Bu shaklda jarayonni jonlantirishni istaymiz, biroq bu qaror mavzusida hamfikr emasmiz" dedi.

Merkel bilan rasmiy ziyorat doirasida Germaniyada bo'lgan Liviya milliy kelishuv hukumati (UHM) rahbarlik kengashi raisi Fayiz es-Serraj, poytaxti Berlindagi uchrashuv ortidan qo'shma matbuot anjumani uyushtirdi.

Merkel, AQShning "Al-Quds"ni Isroilning poytaxti sifatida tan olish" qarori haqida Yevropa davlatlarining Yaqin sharqda yakka harakat qilib bir samari qo'lga kiritmasligini izohladi.

Merkel, so'zlarini quyidagicha davom ettirdi: "Yevropa ham g'ayrat qilishi mumkin. Lekin AQShning hamkorligiga e'htiyojimiz bor. Biz BMT qarorlari doirasida al-Qudsning vaziyatini ko'zdan kechirishni nazarda tutilmoqda. Bu jarayonning jonlanishini istaymiz lekin bu nuqtai nazardan avvalgi kun berilgan qaror mavzusida farqli fikdamiz" dedi.

Fayiz es-Sarraj ham AQSh prezidenti Donald Trumpning al-Quds bilan bog'li qarorini tanqid qilib, "Biz Falastin davlatini qo'llab-quvvatlaymiz. Bu borada bir tomonli qaror bermaslik kerak, tinchlikka rahna soladi va yana ko'p nifoqga sababchi bo'ladi" deb so'zladi.



Aloqador xabarlar