Amerika qo’shma shtati Prezidenti Donald Tramp, provokatsiya Quddus qarorini e’lon qildi.

Amerika qo’shma shtati (AQSh) Prezidenti Donald Tramp, provokator Quddus qarorini e’lon qildi. Tramp, Vazirlar mahkamasi yig’ilishining ortidan oq uyda bergan bayonotida, Quddusni Isroilning poytaxti sifatida tan olganini e’lon qildi

863123
Amerika qo’shma shtati  Prezidenti Donald Tramp, provokatsiya Quddus qarorini e’lon qildi.

Amerika qo’shma shtati (AQSh) Prezidenti Donald Tramp, provokator Quddus qarorini e’lon qildi.

Tramp, Vazirlar mahkamasi yig’ilishining ortidan oq uyda bergan bayonotida, Quddusni Isroilning poytaxti sifatida tan olganini e’lon qilib, AQSh elchixonasini Quddusga ko’chirish tayyorgarliklari uchun topshiriq berganini   aytdi.

O’zidan oldingi  prezidentlar bu borada va’dalar  berishiga qaramasdan buni  bajo keltirmadi deb tanqid qilgan Tramp, Quddus uch samoviy dinning hamda demokratiyaning markazi deb qayd etdi.   

Tramp, yig’ilash devorida Yahudiylar, Masjidul –Aqsada Musulmonlar, cherkovlarida Xristianlar o’z ibodatlarini ado qilayotgan  bu muqaddas shahar bugungi  kunda amalda Isroilning ko’plab boshqaruv organi  bu yerda joy olmoqda.

Donald Trmp  bu qaror, AQShning Falastin bilan Isroil o’rtasidagi mavjud muammolar doir siyosatida bir o’zgarish kiritish ma’nosida emas  deb iddao qildi.

Ikki davlatli yechim mavzusida  hanuz ham Isroil bilan Falastinning  kelishuvga borishidan umidvor ekanini aytgan Tramp, provokatsiya qaroriga  muxolif bo’lgan dunyoni  ham mo‘tadillikka chaqirdi.   

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Tramp , #Quddus , #Poytaxt

Aloqador xabarlar