Dmitriy Medvedev:"Shanxay hamkorlik tashkilotida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish kerak"

Medvedev Sochida ShHTga a’zo davlatlarning bosh vazirlari ishtirokida bo’lib o’tgan hukumat rahbarlari kengashi yig’ilishida so’zga chiqdi.

859844
Dmitriy Medvedev:"Shanxay hamkorlik tashkilotida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish kerak"

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)da iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish kerakligini ma’lum qildi.

Medvedev Sochida ShHTga a’zo davlatlarning bosh vazirlari ishtirokida bo’lib o’tgan hukumat rahbarlari kengashi yig’ilishida so’zga chiqdi.

U so’zlagan nutqida Rossiya bilan ShHTga a’zo davlatlar o’rtasidagi savdo hajmi bu yil 80 mlrd dollarga yetganiga e’tibor qaratdi.

Medvedevning aytishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti aslida xavfsizlik siyosati bilan shug’ullangan tashkilot edi, lekin hozirda bu tashkilot doirasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berishimiz kerak.

Shanxay hamkorlik tashkiloti qoshida bank tashkil qilish kerakligini tilga olgan Medvedev: “Bu mavzuda o’zaro muzokaralarimiz anchadan beri davom etmoqda. Buni amalda bajarish vaqti yetib keldi. Bunga doir aniq natija olish bizning qo’limizda”,-dedi.

Rossiya Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga qo'shilishi uchun hech qanday to'siq ko'rmayotir.

"Darhaqiqat, Eron va Afg'oniston tomondan shu mazmundagi arizalar kelib tushgan, ushbu mamlakatlar ShHTda anchadan beri kuzatuvchi sifatida qatnashib kelmoqda. Eronning arizasi haqida gapiradigan bo'lsak, biz o'z pozitsiyamizni ma’lum qildik. Biz hozir Eronning tashkilotga qo'shilishi uchun hech qanday to'siq ko'rmayapmiz", - dedi Medvedev ShHTga a’zo davlatlarning hukumat rahbarlari kengashida.

U ilgari Eronning yadroviy mavqei bilan bog'liq xalqaro muammolarni tartibga solishga doir murakkab vaziyatlar mavjudligini, hozirda bularning bari o'tmishda qolganini qayd etib o'tgandi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, shuningdek Hindiston va Pokiston kiradi.

Hindiston va Pokiston 2017 yilning 9 iyunidan e’tiboran ShHTning teng huquqli a’zosiga aylangan.

 



Aloqador xabarlar