YI kengashi rahbari Donald Tusk, Qrim masalasining qabul qilinmas bo'lganini bildirdi...

YI Kengashi rahbari Donald Tusk, Rossiyaning Qrimni noqonuniy ravishda o'z tuproqlariga qo'shib olishi aslo qabul qilinmas bo'lganini izohladi.

854835
YI kengashi rahbari Donald Tusk, Qrim masalasining qabul qilinmas bo'lganini bildirdi...

Yevropa Ittifoqi (YI) Kengashi rahbari Donald Tusk, Rossiyaning Qrimni noqonuniy ravishda o'z tuproqlariga qo'shib olishi aslo qabul qilinmas bo'lganini izohladi.

Sobiq sho'ro davlatlari bilan YI o'rtasida siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Belgiyaning poytaxti Brusselda uyushtirilgan 5. Sharq Sheriklik Sammiti nihoyasiga yetgandan keyin Tusk, YI Komissiya rahbari Jean-Claude Jucker va YI davr rahbari Estoniya bosh vaziri Juri Ratas mushtarak matbuot anjumani o'tkazdi.

Sharq davlatlarida qurolli to'qnashuv muhitining davom etganini eslatgan Tusk, "Ukrainali 5 nafar askarning oldingi kuni hayotini yuqotganini, Rossiyaning Ukrainadagi tragediyaning oxirgisi. YI sifatida Rossiyaning hujumkorona harakatlarini qoralaymiz. Qrimni noqonuniy ravishda tuproqlariga qo'shib olishini tan olmaymiz" deb mulohaza bildirdi.

Sharqiy sheriklikning Rossiyada tarqatilmaganini bildirgan Tusk, "Bu mavzuda, Rossiya bilan YI o'rtasida geopolitik bir yo'nalish bellashuvi o'tkazilmaydi" deb ifoda etdi.

Tusk sammitda, mushtarak bir dekloratsiyani qabul qilganini va natijalaridan mamnun ekanliklarini izohladi.



Aloqador xabarlar