Somalida deputat Muhammad Abdu Guledga suiqasd...

Somalida Galmudug avtonom mintaqasida deputat Muhammad Abdu Guled boshqa deputatning tansoqchilari tomonidan otib o’ldirildi.

853483
Somalida deputat Muhammad Abdu Guledga suiqasd...

Somalida Galmudug avtonom mintaqasida deputat Muhammad Abdu Guled boshqa deputatning tansoqchilari tomonidan otib o’ldirildi.

Bu haqda mahalliy matbuotda turli xabarlar tarqalgan.

Guvohlarning aytishicha, Muhammad Abdu Guled poytaxt Mogadisho’dagi parlament binosi yaqinida deputat Mahmud Abukatening tansoqchilari tomonidan to’pponcha bilan otib tashlangan.

Og’ir yaralangan Muhammad Abdu Guled shifoxonada olamdan o’tgan.

Bu voqea mamlakatda katta shov-shuvga sabab bo’ldi.

“Deputat Muhammad Abdu Guledning mashinasi orqadan bizga kelib urildi. Tansoqchilarim uni to’xtatmoqchi bo’ldilar, lekin u yonidagi to’pponchasini chiqarib, tansoqchilarimga o’qtala boshladi”,-deya matbuotga bayonot beradi deputat Mahmud Abukate.

Uning aytishicha, tansoqchilari deputat Muhammad Abdu Guledni yanglishlik bilan otib qo’ygan.

Bu voqeadan so’ng, deputatni o’ldirgan tansoqchilar qo’lga olingan.

Eslatma: Somalida 1991 yilda ro’y bergan ichki urushdan so’ng, mamlakatning o’rta hududlaridagi ba’zi qabilalar 2006 yilning 14 avgust kuni Galmudug hududini “Avtonom mintaqa” deb e’lon qilgan edi.

 



Aloqador xabarlar