BMT, Yamandagi yoqilg’i zaxiralari oy oxirigacha yakunlandi deb ogohlantirdi.
Birlashgan millatlar tashkiloti, Yamandagi yoqilg’i zaxiralari oy oxirigacha yakunlandi deb ogohlantirdi.

Birlashgan millatlar tashkiloti, Yamandagi yoqilg’i zaxiralari oy oxirigacha yakunlandi deb ogohlantirdi.
BMT Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) Arab o’lkalari tomonidan foydalangan ijtimoiy tarmoq sayti Twitter hisobidan ma’lum qilishicha, Yamandagi yoqilg’i yetarsizligi sababli vabo epidemiyasi bilan kurashni o’z oldi maqsad qilib olgan BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF) tomonidan yuritilgan suv, kanalizatsiya tozalik tizimlari faoliyatlariga ta’sir qoldiradi deb bildirdi.
Bu vaziyat, vaboning yoyilish xavf- xatari juda yuksak bo’lgan hududlarda yashagan qarib 6 million inson bundan zarar ko’rishiga ishora qildi, “ Yamanda holi hozir yoqilg’i zaxiralari faqat bu oyning oxirigacha yetadi.” Deb qayd etdi.
Ma’lum qilinishicha, havo va dengiz portlari bilan quruqlik chegaralarining yopilishi natijasida kerakli vaktsinalar mintaqaga yetib bormagan taqdirda bir yoshning togida bo’lgan bir million bola poliomielit va qizamiq kabi kasallikka yo’liqishi mumkin deb bildirildi.
Yamandan Riyodga 4- noyabrda ballistik raketalar otilishining ortidan dushanba kuni Saudiya Arabistonning boshchiligida tashkil topgan koalitsiya, Yamandagi barcha chegara eshiklari bilan portlarni o’tkinchi ravishda yopilishiga qaror bergan edi.
Aloqador xabarlar

Germaniyada musulmonlarga qarshi jinoyatlar soni ortdi
O‘tgan 2024 – yili Germaniyada musulmonlarga qarshi 1554 ta jinoiy harakat qayd etilgan.