Trump bilan Putin Suriya to’g’risidagi qo’shma bayonotni ma’qulladi

Bu haqida kecha Vetnamda boshlagan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitida ishtirok etayotgan AQSh Prezidenti Donald Trump va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Suriya muammosi borasidagi qo’shma bayonotida aytildi.

845483
Trump bilan Putin Suriya to’g’risidagi qo’shma bayonotni ma’qulladi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Suriyadagi DEASh terror tashkilotini mag’lubiyatga uchratgunga qadar bu boradagi hamkorliklarining davom etajagini qayd etdi.  

Bu haqida kecha Vetnamda boshlagan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitida ishtirok etayotgan AQSh Prezidenti Donald Trump va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Suriya muammosi borasidagi qo’shma bayonotida aytildi.

Rossiya axborot agentligi tomonidan tarqatilgan qo’shma bayonotda ikkala lider, DEASh terror tashkilotini Suriyada, mag’lubiyatga uchratgunga qadar hamkorliklarining davom etajagini ma’lum qilgan.

Bayonotda shuningdek Suriyaning mustaqilligi, erkinligi va hududiy yaxlitligining qo’llab-quvvatlanishi belgilab o’tilgan.

Muammoni harbiy yo’llar orqali hal qilishlikning imkonsiz ekanligi ta’kidlangan bayonotda muammoni hal qilish uchun barcha tomonlar, Jeneva jarayonida faol ishtirok etishga undalgan.

Shuningdek Yaqin Sharqda yuz berish ehtimoli bo’lgan muammolardan uzoq turish uchun aloqaga tayyor turilishi borasida kelishib olingan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Donald Trump , #Vladimir Putin , #Suriya , #Vetnam

Aloqador xabarlar