Moskvada namoyish o’tkazgan 380 kishi politsiya tomonidan qo’lga olindi

Qizil maydon yaqinlarida to’plangan namoyishchilar mamlakat prezidenti Vladimir Putinga qarshi chiqish qildi.

841529
Moskvada namoyish o’tkazgan 380 kishi politsiya tomonidan qo’lga olindi

Rossiyaning poytaxti Moskvada namoyish o’tkazgan 380 kishi politsiya tomonidan qo’lga olindi.

Har yili 4 noyabrda nishonlangan birdamlik kuni munosabati bilan Qizil maydon yaqinlarida to’plangan namoyishchilar mamlakat prezidenti Vladimir Putinga qarshi chiqish qildi.

Rossiya hukumati tomonidan radikal guruh deb e’lon qilingan “Artpodgotovka” tomonidan uyushtirilgan namoyishga Rossiyaning turli viloyatlaridan yuzlab insonlar ishtirok etishdi.

Moskva hokimiyati namoyishga ruxsat bermadi, bunga qaramay “Artpodgotovka” yetakchisi muxolifatchi Vyacheslav Maltsev boshchiligidagi namoyish davom etdi.

Xavfsizlik kuchlari namoyishchilar orasidan 380 kishini qo’lga oldi.

Qo'lga olinganlarning ko'pchiligi yonidan ta’qiqlangan buyumlar, jumladan pichoqlar va boshqa tan jarohati yetkazuvchi qurollar topilgan.

2013 yildan buyon o'z harakatini targ'ib qilib kelayotgan muxolifatchi Vyacheslav Maltsev 2017 yilning 5 noyabrida inqilob va’da qilgandi. Shu sababli Moskvada yuzlab kishilar namoyishga chiqishdi. 

Saratov viloyatidan bo'lgan siyosatchi Maltsev o'zining radikal qarashlari bilan internetda mashhur bo'lgan.

26 oktyabr kuni Krasnoyarsk sudi “Artpodgotovka” harakati faoliyatini ta’qiqlab, bu guruhni ekstremistik tashkilot sifatida e’lon qilgandi.

 



Aloqador xabarlar