AQShning Texas shtatida vahshiy jinoyat sodir bo'ldi

AQShning Texas shtatida joylashgan Sazerlend-Springs cherkoviga sodir qilingan bosqinda 26 kishi halok bo'lgan.

841305
AQShning Texas shtatida vahshiy jinoyat sodir bo'ldi

5 noyabr yakshanba kuni AQShning Texas shtatida joylashgan Sazerlend-Springs cherkoviga qurollangan jinoyatchi tomonidan bosqin uyushtirildi.

Bu voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da ro’y berdi. 

CNN nashri ma’lum qilishicha, cherkovda sodir bo'lgan otishma tufayli 26 kishi halok bo'lgan, ko’plab inson jarohat olgan.

Guvohlarning ma’lumotlariga ko'ra, halok bo'lganlar orasida ikki yoshli bola va cherkov papazining 14 yoshli qizi ham bor. 

Texasning davlat xavfsizligidan mas’ul vakili Freman Martinning ma’lumotiga ko’ra, 23 kishi cherkov ichida, 2 kishi cherkovning tashqarisida, 1 kishi shifoxonada hayotdan ko’z yumgan.

Jinoyatni sodir etgan shaxsning ismi Devin Kelli bo'lib, u oq tanli va 26 yoshda bo'lgan.

Umuman qora kiyimda bo’lgan jinoyatchining ichidan o’q o’tmaydigan kamzul kiyib olgani ma’lum bo’lgan.

Voqea jarayonida qurolini qo’lidan tushirib yuborgan jinoyatchi qochishga ulgurgan, lekin u mashinasida o’lik holda topilgan.

Jinoyatchi bu voqeani sodir qilgach, o’z joniga qast qilgan bo’lishi yoki boshqasi tomonidan otib o’ldirilgan bo’lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitter hisobidan voqeaga o’z munosabatini bildirdi.

“Tangri Texasni o’z panohida asrasin. FBR va politsiya voqea joyida xizmatda. Men ham vaziyatni Yaponiyadan turib kuzatib boryabman”,-deb yozadi Donald Tramp.

Ushbu jinoyatni “shaytoniy qilmish” deb baholagan Tramp: “Qayg’umizni va tuyg’ularimizni kalimalar bilan ifoda etish qiyin. Voqeada halok bo’lganlarning yaqinlari qanday ahvoldaligini tasavvur ham qila olmayman. Dilimiz og’ridi”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Texas , #cherkov , #bosqin

Aloqador xabarlar