Kanada 2020 yilgacha taxminan 1 mln qochqinni qabul qiladi

Kanada 2018 yilda 310 ming, 2019 yilda 330 ming va 2020 yilda 340 ming bo’lib, jami 980 ming qochqinni qabul qiladi.

839574
Kanada 2020 yilgacha taxminan 1 mln qochqinni qabul qiladi

Kanada 2020 yilgacha taxminan 1 mln qochqinni qabul qiladi.

Kanada fuqarolik va migratsiya vaziri Ahmed Hussen Ottavada matbuot anjumani chog’ida bir muddatdan beri faoliyatlari davom etayotgan yangi migratsiya rejasi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko’ra, Kanada 2018 yilda 310 ming, 2019 yilda 330 ming va 2020 yilda 340 ming bo’lib, jami 980 ming qochqinni qabul qiladi.

Ushbu yangi reja Kanadadagi qochqinlar sonini 2020 yilgacha aholining taxminan yuzdan biriga teng qilishini va keksayib borayotgan aholining o’rnini to’ldirishni o’z ichiga oladi.

Kanada hukumati migrantlarning jamiyatda katta ro’l o’ynashiga ishonadi.

Chunki, 2035 yilgacha Kanadada 5 mln aholi nafaqaga chiqadi.

“Taxminlar 2036 yilda aholi sonining ko’payishi deyarli 100% bo’lishini nazarda tutgan edi, lekin hozirda 75% atrofida. Shu sababli shoshilinch ravishda ishchi kuchini yangilash zarur”,-deydi Kanada fuqarolik va migratsiya vaziri Ahmed Hussen.

Qochqinlar mamlakat manbalarini kemirib, jamiyatga katta yuk bo’lishiga doir iddaolarni rad etgan Hussenning fikricha, migrantlarning kelishi iqtisodiyotni jonlantiradi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar