Ostonada Suriya masalasiga bag’ishlangan sammit o’z nihoyasiga yetdi

Tomonlar asir va mahbuslarni almashtirish, qamal ostida bo’lgan hududlarni doimiy gumanitar yordam bilan ta’minlash xususida kelisha olmadilar.

838497
Ostonada Suriya masalasiga bag’ishlangan sammit o’z nihoyasiga yetdi

Qozog’istonning poytaxti Ostonada Suriya masalasiga bag’ishlangan navbatdagi sammit o’z nihoyasiga yetdi.

Sammitda Suriya masalasi har tomonlama muhokama qilindi lekin, tomonlar asir va mahbuslarni almashtirish, qamal ostida bo’lgan hududlarni doimiy gumanitar yordam bilan ta’minlash xususida kelisha olmadilar.

Kafolatchi davlatlar bu mavzular ustida bosh qotirishga kelishib oldilar.

Sammitning oxirgi kunida Turkiya, Rossiya, Eron, Beshar Asad rejimi va harbiy muxolifat o’rtasida o’zaro va kengaytirilgan shaklda muzokaralar amalga oshirildi.

Sammitga kuzatuvchi sifatida qatnashgan AQSh, Iordaniya va BMT delegatsiyalari ham muzokaralarda ishtirok etishdi.

Turkiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Sedat O’nal boshchilik qildi.

Ostona sammitida bir qator xususlar bo’yicha kelishuv ta’minlanmadi, bunga qaramay, tomonlar mushtarak dekloratsiya matniga imzo qo’ydilar.

Qozog’iston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdurahmanov ikki kun davom etgan sammitning xulosa matnini o’qib eshittirdi.

Kayrat Abdurahmanov Suriyadagi keskinlikni kamaytirishga doir sulh bitimining qisman ta’minlanganidan baxtiyorligini tilga oldi.

U janozalarni o’z egalariga topshirish, bedarak yo’qolgan fuqarolarning shaxsini aniqlash bo’yicha tomonlar o’zaro hamfikr ekanligini ma’lum qildi.

Darvoqe, tomonlar Rossiyaning taklifiga binoan, BMT nazoratidagi Jeneva muzokaralariga mos ravishda suriyalik tomonlar o’rtasida milliy dialog kongressini o’tkazishni o’ylab ko’rishga qaror berdi.

Abdurahmanovning ta’kidlashicha, Ostona sammitining navbatdagi yig’ilishi dekabr oyida o’tkazilishi rejalashtirildi.

Muxoliflar asir va mahbuslarni almashtirish hamda qamal ostida bo’lgan hududlarga doimiy gumanitar yordam tarqatish kabi dolzarb mavzularda kelisha olmagan tomonlarni qattiq qoraladi.

Beshar Asad rejimining o’zaro murosaga kelmaganidan noligan muxoliflar Suriyada sulh bitimi poymol qilinganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Qozog'iston , #Ostona , #sammit

Aloqador xabarlar