Macron, Yevropaning Turkiya va Rossiyaga bo’lgan muomalasiga to’xtaldi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron Strasbourgda, Yevropa kengash tarkibidagi 47 davlat sudyasi huzurida nutq so’zlar ekan unda Yevropaning Turkiya va Rossiyaga bo’lgan muomalasiga to’xtaldi.

838366
Macron, Yevropaning Turkiya va Rossiyaga bo’lgan muomalasiga to’xtaldi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron “Turkiya bilan Rossiyaga qarshi darvozalarni yopib, ularni yakkalab qoyib gapirishning hojati yo’q” dedi.

Emmanuel Macron, Strasbourgdagi Yevropa kengashiga tashrif buyurar ekan u yerda Yevropa Kengashi Bosh kotibi Thorbjorn Jagland bilan uchrashdi.

Ortidan Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudiga tashrif buyurgan va u yerda rahbar Guido Raimondi tomonidan qabul qilingan Macron, Yevropa kengashi tarkibidagi 47 davlat sudyasi huzurida nutq so’zladi.  

Yevropadagi terrorizmning faqatgina davlatlarini emas ayni vaqtda xalqini ham nishonga olganligiga e’tibor qaratgan Macron, “Bizga, qadriyatlarimiz yuzasidan hujum qilindi. Fransiyaga uzoq yillardan beri hujum qilinmoqda. Bu hujumlar fuqarolarimiz umriga zomin bo’lish bilan cheklanib qolgani yo’q, bizning manaviy qadriyatlarimizni ham nishonga oldi. Terroristlar, bizning muhim bir bo’lagimizga aylangan prensiplarimizdan ham voz kechimizni talab qilmoqda. Erkinlikni himoya qilishlik, haq-huquq emas u bir vazifa hisoblanadi” deya gapirdi.

Fransiyadagi muhojirlar vaziyati haqidagi tanqidlarga ham to’xtalgan Macron,

“Muhojirlarga bo’lgan muomalamiz yaxshi emas. Ba’zan bitta jon saqlaydigan o’rin ham berolmayapmiz” dedi.

Yevropaning Turkiya va Rossiyaga bo’lgan muomalasiga ham to’xtalgan Fransiya Prezidenti,

“Bu ikki yirik davlat Yevropaga chambarchas bog’langan vaziyatda. Tarixlari, geografiyalari, adabiyot va siyosiy onglari, inson huquqlarining univerlalligi doirasida Yevropa oilasiga oitdir. Bu ikkala mamlakatga qarshi darvozalarni yopib, ularni yakkalab qoyib gapirishning hojati yo’q. Ularga bilan astoydil, muloqat orqali muomala qilinishi kerak. Chunki bu ikki mamlakat xalqlari bunga loyiq. Ular fuqarolari, yetakchilarining tanlovi nima bo’lishidan qat’iy nazar, bizning ular uchun kurash olib borishimzga loyiq” dedi.   

 

 

 



Aloqador xabarlar