Afg’onistonda portlash sodir qilmoqchi bo'lgan terroristlar qo'lga tushirildi

Nangarhar viloyati hokimi Gulab Mangal ma’lum qilishicha, terroristlarning qo’lga tushirilishi bilan viloyatda ulkan fojianing oldi olingan.

838528
Afg’onistonda portlash sodir qilmoqchi bo'lgan terroristlar qo'lga tushirildi

Afg’oniston sharqidagi Nangarhar viloyatida terrorchilik harakatini sodir qilishga tayyorlanayotgan 3 ta xudkush bombachi tiriklayin qo’lga tushirildi.

Bu haqda Nangarhar viloyati hokimi Gulab Mangal ma’lum qiladi.

“Nangarharning markazi Jalolobodda portlash sodir qilishga tayyorlanayotgan 3 nafar terrorist qo’lga tushirildi”,-dedi viloyat hokimi.

Xudkush bombachilardan biri Pokiston fuqarosi ekani aniqlandi.

Ular bomba joylashtirilgan mashina vositasida terrorchilik harakatini sodir qilmoqchi bo’lgan.

Terroristlarning qo’lga tushirilishi bilan viloyatda ulkan fojianing oldi olingan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan terroristlar ustidan qattiq tergov ketmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar