Somalining poytaxti Mogadishoda bomba joylashtirilgan mashina portlatilgan

Mogadishodagi prezidentlik saroyi yaqinida joylashgan mehmonxona oldida ro’y bergan portlash 23 kishining hayotiga zomin bo'ldi.

836306
Somalining poytaxti Mogadishoda bomba joylashtirilgan mashina portlatilgan

Somalining poytaxti Mogadishoda bomba joylashtirilgan yuk mashinasi portlatilgan.

Portlashda 23 kishi halok bo’lgan.

Bu voqea Mogadishodagi prezidentlik saroyi yaqinida joylashgan mehmonxona oldida ro’y bergan bo’lib, portlashda 30dan ortiq kishi jarohat olgan.

Portlashdan so’ng, terroristlar bilan mehmonxonaning xavfsizligini saqlovchi xodimlar o’rtasida otishma boshlangan.

Terroristlardan ikkitasi voqea joyida otib o’ldirilgan.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, mehmonxonada Somali prezidenti Muhammad Abdullah Fermaju bilan majlis o’tkazish maqsadida poytaxtga kelgan delegatsiya qolayotgan edi.

Ma’lum bo’lishicha, bu voqeadan ko’p o’tmay navbatdagi portlash sodir etilgan.

Noma’lum askar yodgorligi bilan eski parlament binosi yaqinlarida bomba joylashtirilgan mashina portlatilgan.

Birinchi portlashning javobgarligini Ash-Shabob terror guruhi o’z zimmasiga olgan, lekin ikkinchi portlashning kimlar tomonidan sodir etilgani xozircha noma’lum.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Mogadisho , #portlash , #bomba

Aloqador xabarlar