Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati ortga tisarildi

Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati Iroq hukumati bilan muloqat qilish uchun Iroq hukumatidan “o’q uzmaslik va noqonuniy referendum natijalarining vaqtinchalik hisobga olinmasligi”ni taklif qilmoqda.

833755
Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati ortga tisarildi

Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati ortga tisarildi.

Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati Iroq hukumati bilan muloqat qilish uchun Iroq hukumatidan “o’q uzmaslik va noqonuniy referendum natijalarining vaqtinchalik hisobga olinmasligi”ni taklif qilmoqda.   

Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda,

“Iroq va IKMM duch kelgan xavfli vaziyatning iroqlik kuchlar bilan Peshmerga o’rtasida to’qnashuvga yo’l ochmasligi uchun hammaning bo’ynida tarixiy javobgarchilik bor. Iroq kuchlari bilan Peshmerga o’rtasida bugungacha yuz bergan to’qnashuvlar ikki tomonga ham ziyon yetkazdi. Bu vaziyat qonli urushga ham aylanib ketishi mumkin. Shu bilan birga, Iroqning komponentlari o’rtasidagi ijtimoiy tuzilishni tarqatish ehtimoli ham bor” degan ifodalarga o’rin berildi.

Bayonotda shuningdek, IKMM va Iroq xalqining manfaatlari inobatga olingan holda Iroq hukumati va dunyo jamoatchiligidan, “o’q uzmaslik va IKMMdagi barcha harbiy amaliyotlarning tezlik bilan to’xtatilishi, 25-sentabr kuni o’tkazilgan noqonuniy referendum natijalarining vaqtinchalik hisobga olinmasligi va IKMM bilan markaziy boshqaruv o’rtasida Iroq konstitutsiyasi asosida muloqatning boshlatilishi”ni taklif qildi.

 



Aloqador xabarlar