YI migratsiya siyosati yuzasidan ogohlantirildi

Yevropa ittifoqining Migratsiya siyosatiga ko’ra migrantlar Yevropadan uzoq tutilmoqda. Bu esa migrant bolalarning katta ziyon ko’rishiga yo’l ochmoqda.

829672
YI migratsiya siyosati yuzasidan ogohlantirildi

Yevropa ittifoqining Migratsiya siyosatiga ko’ra migrantlar Yevropadan uzoq tutilmoqda. Bu esa migrant bolalarning katta ziyon ko’rishiga yo’l ochmoqda.   

Italiyaning “Save the Children” nomidagi tashkiloti “Bolalarni markaziy nuqtada tutish: migrant bolalar huquqini himoya qilish uchun Yevropa ittifoqida birdamlik vaqti” deb nomlangan hisobotini chop etdi. Ushbu hisobotda YI siyosatlarining, migrant bolalar ustidagi salbiy ta’sirlari qo’lga olindi.

Yevropa ittifoqining migrantlarni Yevropaga kirishiga monelik qilgan amaldagi siyosatlariga o’rin berilgan hisobotda, buning migrant bolalarni xavf ostiga qo’yayotganligi eslatildi. Hisobotda, “YI siyosatlari, migrant bolalarni xavf ostiga qo’ymoqda” deyildi.

Hisobotda YI tarkibidagi mamlakatlar o’rtasidagi birdamlikning yo’qligi, migrantlarni xalqaro himoya qonunidan mahrum qilayotganligi ifoda etildi.  

O’tgan yili yani 2016-yilda 100 mingdan ortiq migrant bolaning Yevropaga kirganligi qayd etilgan hisobotda, ulardan uchdan bir bo’lagining o’z oila a’zolaridan olinganligi, xavfli migrant liniyalaridan yolg’iz o’tganligi ma’lum qilindi.

Hisobotda Yevropa ittifoqi migratsiya siyosati yuzasidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va nodavlat tashkilotlar tomonidan ogohlantirildi.



Aloqador xabarlar