Dunyo miqyosida migrantlar soni 244 millionga yetdi
BMT qoshidagi Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti Bosh direktori Jose Graziano Da Silvaning qayd etishicha, kun o’tgan sayin odam bolasi imkonsizlik yuzasidan o’z uy joylari va o’zi tug’ilib o’skan yurtlarini tashlab ketishga majbur qolmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti Bosh direktori Jose Graziano Da Silva Italiya poytaxti Rim shahrida, “Biz migratsiya oqimining kelajagini o’zgartiramiz” deb nomlangan “Jahon oziq-ovqat kuni”ga bag’ishlangan tadbirida nutq so’zladi. Ushbu nutqida Jose Graziano, kun o’tgan sayin odam bolasi imkonsizlik yuzasidan o’z uy joylari va o’zi tug’ilib o’skan yurtlarini tashlab ketishga majbur qolayotganligini qayd etdi.
Da Silva, migrantlar sonidagi ortishning eng asosiy sabablaridan birining ochlik, qorquv va integratsiya ekanligini ifodalab, “Dunyo miqyosida buning 244 millionga yetganligini yaxshi bilamiz. Bu degani 2000-yildan beri 40 foizga ortish deganidri” deya gapirdi.
O’z yurti ichida ko’chib yurganlar sonining 740 millionni tashkil etganligini qayd etgan Da Silva, to’yib ovqatlanmaganlar sonining oxirgi yillarda 38 milliondan ortib, 815 millionga yetganligini ma’lum qildi.
Ko’pchilikning ko’chib yurishi, gumanitar yordam va muammoni hal qilish faoliyatlarini yana-da murakkablashtirganligini ta’kidlagan Da Silva,
“Insonlarning ko’chib yurishiga turtki bo’lgan sabablar qishloq xo’jaligining rivojlanishiga investitsiya kiritish, qishloq xalqining ish bilan ta’minlanishini qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy xavfsizlik tarmoqlarini ta’minlash orqali yo’q qilinishi mumkin. Bu vaziyat ayni vaqtda 2030-yil uchun mo’ljallangan Barqaror taraqqiyot maqsadlari ro’yhatidagi “och yalang’ochsiz dunyo” dasturiga ham o’z hissasini qo’shishi mumkin” degan ifodalarga o’rin berdi.
Tadbirda ishtirok etgan katoliklarning ma’naviy lideri va Vatikan Davlat rahbari Papa Franciscus, “Migratsiya oqimining kelajagini o’zgartir” degan nomga bag’ishlab 2015-yilning sentabr oyida Turkiyadan grek orollariga o’tar chog’ida jon bergan va jasadi Bodrum sohillarida topilgan “Aylan” bolakayning haykalini Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti topshirdi.
Papa tadbirda so’zlagan nutqida, odam bo’lasini ko’chib yurishga majbur qilgan eng asosiy sabablardan biri urush va iqlim o’zgarishidir. Shu va shunga o’xshash masalalarda dunyo davlatlarini, hamjihatlikka chaqirdi.