Afg’onistonning Kunar viloyatida politsiya nazorat markaziga hujum qilindi

DAISh tomonidan sodir qilingan hujumdan so'ng, kuchli otishma ro'y berdi.

827267
Afg’onistonning Kunar viloyatida politsiya nazorat markaziga hujum qilindi

Afg’onistonning Kunar viloyatida DAISh jangarilari politsiya nazorat markaziga hujum qildi.

Kunar xavfsizlik boshqarmasi direktori Juma Gul Himmat jangarilar Kunar viloyati Shigay tumanidagi politsiya nazorat markaziga hujum qilgach, ortidan otishma ro’y berganini ma’lum qildi.

Shiddatli otishmalarda DAIShga a’zo 14 jangari o’ldirilgan, 4 jangari yaralangan.

Otishmalarda 2 nafar politsiya xodimi ham jarohat olgan.

Tumanda terror tashkiloti DAIShga yordam berganlikda gumon qilingan 20 kishi qo’lga olindi.


Tanlangan kalimalar: #DAISh , #Afg'oniston , #Kunar , #otishma

Aloqador xabarlar