Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud Moskvaga yetib keldi

Qirol Al Saudni Rossiya bosh vaziri o'rinbosari Dmitriy Rogozin, tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mixail Bogdanov va Saudiya Arabistonining Moskvadagi elchisi Abdurahmon ar-Rossiy kutib oldilar.

820732
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud Moskvaga yetib keldi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud 4 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan Rossiyaga keldi.

Qirolning samolyoti "Vnukovo-2" aeroportiga qo'ndi.

Rossiya prezidentining topshirig'iga ko'ra, qirolni Rossiya bosh vaziri o'rinbosari Dmitriy Rogozin, tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mixail Bogdanov va Saudiya Arabistonining Moskvadagi elchisi Abdurahmon ar-Rossiy kutib oldilar.

Al Saud bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib boradi.

Ikki davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha hamkorlikdagi faoliyatlarni ko'zdan kechiradi.

Shuningdek, energetika, qurilish, yuqori texnologiyalar sohasi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo'shma hujjatlar imzolanishi ko'zda tutilgan.

6 oktyabr juma kuni Saudiya Arabistoni qiroli Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvda neft bozoridagi o’zgarishlar, Yaqin sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyat hamda mintaqadagi inqirozni tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish choralari muhokama qilinadi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Al Saudning tashrifi Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.  

Saudiya qirolining tashrifi davomida biznes-forum bo'lib o'tadi.

Unda 200 dan ortiq Saudiya Arabistoni va Rossiya kompaniyalari ishtirok etadi. 

Ma’lumki, Moskvada 2-8 oktyabr kunlari Saudiya Arabistoni madaniyat haftaligi bo'lib o'tmoqda.

Tadbirda ko'rgazmalar, saudiya fil’mlarining namoyishi, milliy ansambl chiqishi hamda milliy taomlar taqdimoti bo’lib o’tadi.

Qirol Salmonning Rossiya ziyorati uch kun davom etadi.

 

 



Aloqador xabarlar